Odoo'ning kuchi — uning modulli tuzilishida. Har bir biznes o'ziga zarur bo'lgan modullarni tanlab, keyinchalik ularni kengaytirishi mumkin.

Eng ko'p ishlatiladigan modullar:
- Sales (Sotuv) — buyurtmalar, shartnomalar, narx takliflari
- CRM — mijozlar bazasi va savdo voronkasini boshqarish
- Inventory (Ombor) — qoldiqlar, harakatlar, ko'p omborli boshqaruv
- Accounting (Buxgalteriya) — hisob-fakturalar, to'lovlar, soliq hisobotlari
- Purchase (Xarid) — yetkazib beruvchilar bilan ishlash
- Manufacturing (Ishlab chiqarish) — ishlab chiqarish buyruqlari va resurslar rejalashtiruvi
- HR (Kadrlar) — xodimlar bazasi, ta'til, ish haqi
- Project (Loyihalar) — vazifalar va muddatlarni nazorat qilish
- Website/eCommerce — onlayn-do'kon va sayt boshqaruvi
Barcha modullar bitta ma'lumotlar bazasida ishlagani uchun, masalan, sotuvda yaratilgan buyurtma avtomatik ravishda omborda qoldiqni kamaytiradi va buxgalteriyada hisob-faktura hosil qiladi — qo'lda ikki marta kiritishga hojat qolmaydi.
Biznesingiz uchun qaysi modullar kombinatsiyasi optimal ekanini DeepVision jamoasi bilan aniqlang.