Skip to Content

Biz hal qiladigan asosiy muammolar


Tizim sekin ishlashi

Sekin yuklanish, tez-tez xatoliklar va ishlamay qoladigan modullar ish jarayonini to‘xtatadi.


Moslashuv muammolari

Noto‘g‘ri yoki to‘liq integratsiya qilinmagan modullar tizimda nosozliklar keltirib chiqaradi.


Ma’lumotlar xatoligi

Noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar biznes qarorlariga salbiy ta’sir qiladi.


Foydalanuvchi qiyinchiliklari

Murakkab interfeys va yetarli trening yo‘qligi sabab xodimlar tizimdan to‘liq foydalana olmaydi.


O‘sishga moslashmaslik

Tizim biznes kengaygan sari moslashmaydi va yangi ehtiyojlarni qoplay olmaydi.

Bizning maqsadimiz


Deep Vision — biznesingizni raqamli transformatsiya qilishga yordam beruvchi ishonchli texnologik hamkor. Biz jarayonlarni soddalashtirib, xatolarni kamaytiradigan va samaradorlikni oshiradigan ERP hamda IT yechimlarni joriy qilamiz.

Jamoamiz har bir loyihani aniq rejalashtirish va sifatli amalga oshirish orqali uzoq muddatli natijalarga erishishni maqsad qiladi. Biz siz bilan yaqindan hamkorlik qilib, biznesingizga mos, barqaror va samarali tizimlar yaratamiz.

Eski tizimlardan zamonaviy platformalarga o‘tish yoki to‘liq yangi yechimlarni joriy qilish kerak bo‘lsa, Deep Vision sizga kerakli tajriba va qo‘llab-quvvatlashni taqdim etadi.

Bizning yondashuvimiz


Uzoq muddatli qiymat yaratish

Biznesingiz bilan birga rivojlanadigan barqaror va kengaytiriladigan yechimlarni joriy qilamiz.


Ekotizimni tahlil qilish

Biz mavjud tizimlaringizni chuqur tahlil qilib, muammolar va optimallashtirish imkoniyatlarini aniqlaymiz.


Loyihani rejalashtirish

Aniq bosqichlarga bo‘lingan reja ishlab chiqamiz va loyiha jarayonini tartibli hamda samarali tashkil qilamiz.

Jamoamiz bilan tanishing

A​mon Olimov

Founder & CEO, Odoo Expert

Jonibek Yorqulov

6 yillik tajribaga ega, Odoo sertifikatli senior dasturchi

Vahobjon  Najmiddinov

Odoo 19 sertifikatli ekspert

Kayumov Shukhratbek

Odoo 19 sertifikatli  ekspert

Mirzohidkhon Ulugkhujaev

Odoo 17 sertifikatli  ekspert

Nurbek Amrulloyev

Odoo 18 sertifikatli  ekspert

Sanjarbek Nasirbekov

Odoo 19 sertifikatli  ekspert

Biznesingizni yangi darajaga olib chiqishga tayyormisiz?

Deep Vision sizga ERP tizimlari orqali jarayonlarni soddalashtirish, tezroq qaror qabul qilish va daromadni oshirishda yordam beradi. 

Biz bilan bog'laning