Deep Vision

Deep Vision mahsulotlari

O'z jamoamiz ishlab chiqqan tayyor tizimlar — CRM'dan ishlab chiqarish ERP'igacha.

3
tayyor mahsulot
750+
foydalanuvchi kompaniya
99.9%
uptime
24/7
texnik yordam
MemorCRM � uy-joy biznesi uchun CRM (memorcrm.uz)

MemorCRM — uy-joy biznesi uchun maxsus CRM tizimi. Kvartira savdosini boshidan oxirigacha nazorat qiladi: har bir lid, bron, shartnoma va to'lov bitta oynada. Sotuv bo'limi Excel jadvallarisiz, aniq raqamlar bilan ishlaydi.

  • Lidlar oqimi

    Sayt, telefon, Telegram — barcha kanallardan lidlar bitta oqimga tushadi va menejerlar orasida avtomatik taqsimlanadi.

  • Bron va shartnoma

    Kvartirani bandlash, narx va chegirmalar, shartnoma bosqichlari — shaxmatka ko'rinishida, real vaqtda.

  • To'lov jadvali

    Bo'lib to'lash grafigi, qarzdorlik nazorati va eslatmalar avtomatik yuritiladi.

40+
uy-joy majmuasi
12,000+
sotilgan kvartira
+25%
sotuv konversiyasi

dooCall � qo'ng'iroqlarni nazorat qilish tizimi (doocall.uz)

dooCall mobil telefonlardagi barcha qo'ng'iroq va SMS'larni yozib oladi, saqlaydi va hisobotga aylantiradi. Istalgan turdagi CRM bilan integratsiya qilinadi. Ichki AI vositasi menejerlar suhbatini va lidlarni avtomatik tahlil qilib, sotuv sifatini baholab beradi.

  • Qo'ng'iroq yozuvi

    SIM-karta darajasida: barcha kiruvchi-chiquvchi suhbatlar va SMS'lar avtomatik yozib boriladi.

  • CRM integratsiya

    amoCRM, Bitrix24, Odoo va istalgan tizim bilan tayyor ulanish yoki ochiq API orqali.

  • AI tahlil

    Suhbat sifati, skript bajarilishi va lid holatini AI baholaydi — rahbarga tayyor xulosa.

1M+
yozib olingan qo'ng'iroq
30+
CRM integratsiyasi
95%
AI tahlil aniqligi

ProFaber � ishlab chiqarish uchun ERP

ProFaber — mebel, raspil (kesish), Akfa profil, metall sexlari va shu kabi ishlab chiqarish zavodlari uchun ERP. Buyurtmadan tayyor mahsulotgacha: material hisobi, kesish rejalari, sex topshiriqlari va real tannarx — hammasi bitta tizimda.

  • Kesish rejalari

    Raspil xaritalari va DXF fayllar avtomatik tuziladi — material eng kam chiqindi bilan kesiladi.

  • Material hisobi

    Ombor, chiqindi va qoldiqlar real vaqtda — har varaq va profil hisobda turadi.

  • Real tannarx

    Har buyurtma bo'yicha material, ish haqi va qo'shimcha xarajatlar — aniq tannarx va rentabellik.

15+
ishlab chiqarish sexi
−30%
material isrofi
buyurtma tezligi

Ko'p beriladigan savollar

Mahsulotlarni qanday sinab ko'rish mumkin?

Murojaat qoldiring — demo ko'rsatamiz va sinov muddatini taqdim etamiz. MemorCRM va dooCall'da bepul sinov davri bor.

Narxlar qanday shakllanadi?

Obuna asosida: foydalanuvchilar soni va kompaniya hajmiga qarab tarif tanlanadi. Aniq narxni demo paytida hisoblab beramiz.

Joriy etish qancha vaqt oladi?

MemorCRM va dooCall bir necha kunda ishga tushadi. ProFaber ishlab chiqarish jarayonlariga bog'liq — odatda 2–6 hafta.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Ha. Ma'lumotlar himoyalangan serverlarda saqlanadi, kunlik zaxira nusxalar olinadi va faqat sizning jamoangizga ochiq bo'ladi.

Mahsulotlarimizni sinab ko'rmoqchimisiz?

Murojaat qoldiring — demo ko'rsatamiz va biznesingizga mosini tanlashga yordam beramiz.