Deep Vision

Odoo — O‘zbekistonda joriy etish

Deep Vision O‘zbekistondagi kompaniyalar uchun Odoo ERP tizimini joriy etadi. Biz Toshkentda joylashgan rasmiy Odoo Gold Partner kompaniyamiz.

Odoo Gold Partner

Odoo nima?

Odoo — dunyoda 12 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega ochiq kodli biznes-ilovalar platformasi. Sotuv, CRM, ombor, xarid, ishlab chiqarish, buxgalteriya va HR bitta tizimda ishlaydi.

Modullilik Odoo’ning asosiy afzalligi: kichik blokdan boshlab, biznes o‘sgani sari tizimni kengaytirib borish mumkin. Litsenziya narxi an’anaviy ERP tizimlaridan ancha past.

Nega Gold Partner bilan ishlash kerak?

Gold Partner — Odoo hamkorlik dasturidagi eng yuqori daraja. U sertifikatlangan mutaxassislar soni, muvaffaqiyatli loyihalar va mijozlarni ushlab qolish ko‘rsatkichi bilan tasdiqlanadi.

  • Sertifikatlangan jamoa

    Konsultantlarimiz rasmiy Odoo sertifikatlaridan o‘tgan va har yili yangi versiyalar bo‘yicha malaka oshiradi.

  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri Odoo bilan aloqa

    Murakkab masalalarda Odoo S.A. bilan bevosita ishlaymiz — muammolar tezroq hal bo‘ladi.

  • Mahalliy tajriba

    O‘zbekiston soliq tizimi, hujjat aylanishi va biznes odatlarini bilamiz — tizim mahalliy talablarga moslanadi.

Odoo O‘zbekiston talablariga moslangan

Odoo’ni O‘zbekistondagi ish tartibiga moslab sozlaymiz: buxgalteriya va soliq hisoboti mahalliy qoidalar bo‘yicha, elektron hisob-fakturalar (ESF) Didox orqali, tovar markirovkasi (Asl Belgisi), so‘m va xorijiy valyutalarda hisob. Interfeys o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.

  • Odoo 19 dagi 376 ta o‘zbekcha tarjima faylining 360 tasida Deep Vision jamoasi tarjimonlar qatorida turadi.
  • Jamoamizda 7 nafar sertifikatlangan Odoo mutaxassisi bor; Odoo hamkorlar katalogida 26 ta mijoz loyihamiz qayd etilgan.

Odoo joriy etish xizmati haqida batafsil →Barcha loyihalar →

Joriy etish qanday kechadi?

  1. 01

    Diagnostika

    Jarayonlaringizni o‘rganamiz, maqsadlarni aniqlaymiz va loyiha xaritasini tuzamiz.

  2. 02

    Konfiguratsiya

    Modullarni sozlaymiz, kerak bo‘lsa maxsus modullar yozamiz va integratsiyalar quramiz.

  3. 03

    Maʼlumotlarni ko‘chirish

    Eski tizimlardagi maʼlumotlarni tozalab, yangi tizimga xavfsiz o‘tkazamiz.

  4. 04

    O‘qitish va ishga tushirish

    Jamoangizni o‘qitamiz va tizimni bosqichma-bosqich ishga tushiramiz.

  5. 05

    Qo‘llab-quvvatlash

    SLA asosida tizimni kuzatamiz, yangilaymiz va rivojlantiramiz.

Qaysi sohalar uchun?

  • Distributsiya va ulgurji savdo
  • Ishlab chiqarish
  • Chakana savdo
  • Xizmat ko‘rsatish kompaniyalari
  • Qurilish va loyiha biznesi
  • E-commerce

Ko‘p beriladigan savollar

Odoo joriy etish O‘zbekistonda qancha turadi?

Narx loyiha hajmiga bog‘liq: kichik loyihalar bir necha ming dollardan boshlanadi, keng qamrovli joriy etish o‘n minglab dollarga yetishi mumkin. Aniq baho bepul diagnostika bosqichidan keyin beriladi — murojaat qoldiring, 24 soat ichida aloqaga chiqamiz.

Joriy etish qancha vaqt oladi?

O‘rtacha 2–6 oy. Standart sotuv va ombor bloki 6–8 haftada ishga tushadi; murakkab ishlab chiqarish loyihalari ko‘proq vaqt talab qiladi.

Odoo Community va Enterprise farqi nimada?

Community — bepul, ochiq kodli versiya; Enterprise — litsenziyali versiya bo‘lib, qo‘shimcha modullar, mobil ilova va rasmiy yangilanishlarni o‘z ichiga oladi. Tanlov loyiha talablariga bog‘liq.

Mavjud 1C tizimidan Odoo’ga o‘tish mumkinmi?

Ha, mumkin. Maʼlumotlarni ko‘chirish tajribamiz bor va o‘tish davrida ikkala tizim parallel ishlashi mumkin. Buxgalteriya bloki mahalliy talablarga moslashtiriladi.

Odoo O‘zbekistonda elektron hisob-faktura (ESF) va Didox bilan ishlaydimi?

Ha. Odoo’ni Didox bilan bog‘laymiz: hisob-fakturalar ERP’dan qo‘lda qayta kiritmasdan yuboriladi. Didox va Asl Belgisi markirovkasi uchun tayyor modullarimiz bor.

Odoo o‘zbek tilida ishlaydimi?

Ha. Odoo o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Odoo 19 dagi 376 ta o‘zbekcha tarjima faylining 360 tasida Deep Vision jamoasi tarjimonlar qatorida turadi.

Odoo haqida maqolalar

Barcha maqolalar →

Odoo loyihangizni muhokama qilamizmi?

Murojaat qoldiring — diagnostika bosqichini bepul boshlaymiz.